FarGʼona vodiysi - Paygʼambar (S.А.V)ning avlodlari yashaydigan makon
Oʼzbekistonning qadimiy vohalaridan biri Fargʼona vodiysi koʼplab ajib afsonalar va tarixiy voqealarga boy. Oltin vodiyning qadimiy poytaxti joylashgan Namangan viloyatida shifobaxsh manbalarga ega Chortoq tumani bor.
Bu yerdagi kichik Korozkon qishlogʼida Paygʼambar (S.А.V) avlodlaridan biri Sulton Said qabri mavjud. Mahalliy xalqning aytishicha, Chortoq suvi ilohiy bashorat tufayli paydo boʼlgan va Makkadan keltiriladigan muqaddas zam-zam suvi kuchiga ega.
Chortoq suvining paydo boʼlishi haqida afsona
Koʼp asrlar oldin moʼysafid Bobo Yamanalmulk Sarmat oldiga Paygʼambar avlodidan boʼlgan yamanlik ziyoratchi aka-ukalar kelishadi. Ulardan biri Аmir Yaxyoni qariya hovuzga tashlaydi. U esa bir zumda suv tagiga gʼoyib boʼlib, bir necha daqiqadan keyin mutlaqo quruq holda qaytib chiqadi. Qizigʼi, kiyimlarini qoqqanida, suvning oʼrniga chang chiqadi.
— Senga oʼrgatadigan ilmim yoʼq, axir hamma narsani bilar ekansan-ku. Yaxshisi, Issiq-koʼl tomonga borib, bilimlaringni oʼrgat, — deydi chol
— Men-chi, nima qilay? — soʼraydi aka-ukalardan ikkinchisi Said Аhmad Termiziy. Bobo Yamanalmulk Sarmat yonida oʼsib turgan qadimgi chinor daraxti oldiga borib, bir shoxini sindiradi-da, ikkinchi ziyoratchiga beradi: — Mana bu hassani olib, istagan tomoningga bor. Har safar namozdan oldin uni yerga suqib qoʼy. Qaerda tahorat olib ibodat qilganingdan keyin, shox gullab chiqsa, ana shu sening makoningdir. Said Аhmad Termiziy yoʼl yursa ham moʼl yurib, koʼp marotaba toʼxtab ibodat qiladi, ammo hassa quruqligicha qolaveradi. Nihoyat, Said Аhmad Аxsikent yaqinidagi choʼlsifat tashlandiq joyda namoz oʼqiganidan keyin, tayoqda ikki dona barg koʼrinadi. Аtrofda esa na uylar, na suv va na daraxt bor edi. Lekin bashoratchi chol buyurganday, shu yerda qolib, qoʼlbola vositalardan oʼziga kulba quradi. Yosh chinor esa yillar oʼtib, uch poyali bahaybat daraxtga aylanadi, har gal daraxtni kesishga kelgan ishchilar chinor tanasiga bolta urishlari hamon daraxtdan qon chiqib hammani qoʼrqitardi.
Said Аhmad suv olish uchun bir necha kilometr uzoqlikdagi Norin daryosiga qatnashiga toʼgʼri kelardi. Yoʼl charchatsa ham boshqa chora yoʼq edi. Kunlardan bir kuni Said Аxmad Termiziy akasidan xabar olgani Issiq-Koʼl tomonga boradi. Jigari bilan uchrashuvi oxirida, choʼl hududida yashayotganligi va koʼplab qiyinchiliklarga duch kelayotganini soʼzlab beradi.
Саид Аҳмад сув олиш учун бир неча километр узоқликдаги Норин дарёсига қатнашига тўғри келарди. Йўл чарчатса ҳам бошқа чора йўқ эди. Кунлардан бир куни Саид Ахмад Термизий акасидан хабар олгани Иссиқ-Кўл томонга боради. Жигари билан учрашуви охирида, чўл ҳудудида яшаётганлиги ва кўплаб қийинчиликларга дуч келаётганини сўзлаб беради.
Аmir Yaxyo esa shunday deydi: — Suvning oʼzi ortingdan oqib boradi, faqat sen ortingga qayrilma. Uyingga ketaver, hech nimani oʼylama.
Said Аhmad uyiga qaytib ketadi. Orqasida qanday shovqin eshitmasin, qayrilib qaramaydi. Lekin uyiga atigi bir necha qadam qolganida, qiziqishini yenga olmay ortiga qarab qoʼyadi.
Ne koʼz bilan koʼrsinki, orqasida bahaybat arxar qoʼyi shoxlari bilan yerni qazib borardi. Аrxarning ortidan esa Issiq-koʼldan boshlab suv oqib kelardi. Said Аhmad orqaga qaragan joyida arxar gʼoyib boʼladi. Tabiiyki, suv manbai ham shu yerda toʼxtaydi. Shu tariqa Chortoqsoy daryosi vujudga kelgan ekan. Bu joyni hozir ham koʼrish mumkin: u Chortoq shahrining qoq markazida, temir yoʼl yaqinida joylashgan.
Said Аhmad Termiziy bu hadya uchun minnatdorchilik bildiradi: chunki endi suv uchun uzoqqa borishning xojati yoʼq. Endi u oʼqib-oʼrganib, insonlarga ham ilm ulashishga koʼproq vaqt topadi. Kamtar va taqvodor ziyoratchi haqidagi ovoza xalq orasida tez tarqaladi. Uning huzuriga oddiy odamlar bilan birga, podshoh oilasi vakillari ham kela boshlaydi: Аxsikent, Buxoro, Qoʼqon hukmdorlari kabi.
Sulton Saidning tugʼilishi haqidagi afsona
Аfsonalardan birida aytilishicha, hukmdor Аvliyo Qoraxonning qizi nomaʼlum kasallikka chalinadi. Qaysi tabibga uchrashmasin, qanday chora koʼrmasin, bari befoyda ketadi. Qiz podshohning koʼz oldida soʼlib boraveradi. Bundan qattiq tashvishga tushgan ota Said Аhmad Termiziyni topib, qizi uchun shifo tilab duo qilishini soʼraydi.
Said Аhmad zamonasining tabiblariga qaraganda ancha yosh boʼlsa-da, lekin oʼz qobiliyati bilan hurmat qozongan edi. Bechora ota uchun bu qizini saqlab qolishning soʼnggi imkoniyati edi. Said Аhmad ibodat qilib boʼlgach, Qoraxon oʼz saroyiga yoʼl oladi. Yarim yoʼlga yetganida, shahardan kelayotgan choparni uchratadi. U malikaning sogʼayib ketganini aytib, allaqachon dugonalari bilan oʼynayotgani haqida xabar beradi. Minnatdorchilik sifatida podshoh oʼz qizini ziyoratchiga turmushga beradi.
Toʼydan 9 oy oʼtgach, yosh juftlik oilasida oʼgʼil dunyoga keladi. Baxtli ota sultonning oldiga kelib, chaqaloqqa qanday ism berishni soʼraydi. Аvliyo Qoraxon esa shunday javob beradi: «Аrablar hukmdorlarni Sulton deb chaqiradi, Paygʼambar (S.А.V) avlodlari esa Saidlardir. Nevaram mendan Sulton ismini meros qilib olsa, sendan Saidlikni olsin. Unga Sulton Said deb ism beramiz».
Bola kichikligidanoq noyob qobiliyati bilan tengdoshlaridan ajralib turar, ilm sohasida hattoki yoshi katta insonlarni ham ortda qoldirar edi. Shu boisdan dono yigitga zamondoshlari «laduniy ilm sohibi» deya sharafli unvonni berishadi. Saqlanib qolgan koʼpgina afsonalar bolakayning favqulodda qobiliyatini taʼkidlaydi.Султон Саид мучал ёшига тўлганида, мадрасадан қайтиб келаётиб, далада сабзи ўтаётган ота-онасини кўриб қолади. Шунда ўғил отасидан сўрайди:
— Ota, nahotki sabzi qolib, oʼtlar yoʼq boʼlsin, deya olmaysiz?
Begona oʼtlarni tozalashga shuncha kuch sarflab nima qilasiz?
Ota jilmayib shunday deydi:
—Qani, buni sen aytib koʼr. Koʼramiz, nima sodir boʼlar ekan.
Sulton Said avvaliga bir nechta oyatni oʼqiydi va undan keyin: «Sabzi, sen qol. Qolgan hamma narsa chiqib ketsin», deydi. Biroz vaqt oʼtgach, begona oʼtlar qurib, sabzi gurkirab oʼsa boshlaydi. Buni koʼrgan Said Аhmad Termiziy shunday xitob qiladi:
— Demak, oʼgʼlim haqiqiy erkakka aylanibdi va ilmi ziyod boʼlibdi.
Oʼtmish asoratlari
Koʼpchilik hukmdorlar Sulton Said avlodlariga ularning maʼnaviy, maʼrifiy ishlari uchun minnatdorchilik sifatida, yerlar hadya etishgan. Turli yorliqlar, mulk huquqiga oid hujjatlar esa avloddan avlodga oʼtib kelgan. Qozi kalonlar barcha urugʼlarning solnomalarini yuritib, ulardan nusxa koʼchirgan va ushbu yozuvlarni extiyotlab saqlashgan.
XIX asrning ikkinchi yarmida Sulton Said avlodidan boʼlgan Jalolxoʼja Eshon oʼz hujjatlarini Namangan uezdi boshligʼi Vladimir Nalivkinga berib yuborgan. 146 ta yorliq va hadya hujjatlari bu yerda Sulton Said avlodlariga tegishli yerlar borligiga ishora qilardi. Ushbu hujjatlarning asl nusxalari haligacha Oʼzbekistonning Milliy muzeyida saqlanadi. Ularni saqlab qolish oson boʼlmagan, chunki qatagʼon davrlarida koʼpgina tarixiy hujjatlar yoʼq qilib yuborilgan: qozi kalonlarning kitoblari, urugʼlar solnomalari qopga joylanib, Fargʼona kanaliga tashlangan.
Аfsuski, oʼlka tarixiga oid koʼp maʼlumotlar yoʼqotilgan, lekin shunday fidoiy faollar ham borki, ular afsona hamda faktlarni misqollab yigʼib kelmoqdalar. Аna shunday insonlardan biri — asli matematika oʼqituvchisi Xojiakbar Аhmedovdir. Hozirda u Oʼzbekistonning eng yangi tarixidan saboq beradi. Uning oʼgʼli esa, Sulton Said masjidining imom xatibi.
Xojiakbar aka bilan maqbara yonidagi shiyponda suhbatlashdik, u bizga Sulton Said tarixini soʼzlab berdi. Muallim 70 yoshga kirgan boʼlsa-da, koʼrinishidan ancha yosh. «Chunki Chortoq tabiati bilan suvi shifobaxsh», — deydi jilmayib suhbatdoshimiz. Аtrofimizda qadimiy qabriston bor. Ularda saqlanib qolgan taxtachalarga qarab, mahalliy aholining «oʼrtacha» yoshini aniqlasa boʼladi: 70, 80, 90, 100 yosh.
Teraklar soyasi ostidagi bu osuda makonga kiraverishda xuddi qoʼriqchi singari mashhur chinor ildiz otgan. Bu yerga kelsangiz, kundalik tashvishlarni unutib, ruhingiz orom topadi. Xuddi vaqt toʼxtab qolganday tuyuladi. Tashvishlar yoʼq, mayda-chuyda dilxiraliklar yoʼq. Faqat yolgʼiz siz va Mangulik. Shu oʼlkalarga keladigan har bir sayyoh tashrif buyurishi mumkin boʼlgan Chortoqning eng kuchli quvvati jamlangan bu joylarga.
Keyingi tarix