Chortoq jumboqlari: Oʼzbekistondagi mineral suvning salomatlikka taʼsiri
Yarim asr avval Chortoq tumanidan neftь qidirilgan. «Qora oltin» esa bu hududlarda topilmagan. Аmmo vaqt oʼtib, minglab odamlar dardiga shifo boʼluvchi mineral suv koni ochilgan. Sovet Ittifoqi davrida «Namangan» yorligʼi ostidagi mineral suv qadoqlari vagonlab olib ketilib, ittifoq davlatlarining mansabdor shaxslari dasturxonlariga yetkazib berilgan. Bugun esa «Chortoq» nomli suv doʼkonlarda erkin sotuvda. Tabiat qudrati endi har bir odam uchun foyda bera oladi. Xoʼsh, Chortoq suvining siri nimada?
Davolash samaradorligi
Koʼp yillar davomida «Chortoq» sanatoriysi mutaxassislari turli kasalliklardan aziyat chekadigan bemorlar dardiga shifo topib kelgan. Tibbiyot xodimlarining aytishicha, ushbu hududning mineral suvlaridan ichki va tashqi maqsadda foydalanish, turli xastaliklarni davolash uchun samarali hisoblanadi:
98% - суяк-мушак тизими касалликлари, остеохондроз; 98,6% - asab va endokrin tizimi kasalliklari; 97,4-98,4% - ovqat hazm qilish aʼzolari kasalliklari; 97,9% дерматологик муаммолар, тери касалликлари: 97,3% - ginekologik kasalliklar.
«Chortoq» mineral suvining oʼzi alohida dori vositasi hisoblanmaydi. Lekin shifokor buyurgan davo muolajalari tarkibiga yoki har kungi taomlanish jarayoniga qoʼshilsa, u organizmdagi mineral moddalarning optimal muvozanatini taʼminlab turadi. Natijada inson kerakli minerallarni qabul qiladi va kimyoviy qoʼshimchalarga murojaat qilishga xojat qolmaydi. Buning ahamiyati nimada?
Suv tarkibi va uning organizmga taʼsiri
•Temir – qon hosil boʼlish tizimini tartibga soladi. Gemoglabin tarkibiga kirib, hujayralarga kislorod yetkazib berish jarayoniga taʼsir qiladi. Аgar temir moddasi yetishmasa, gemoglabin darajasi tushadi va hujayralar kislorod yetishmovchiligini his qiladi
•Mis – tabiiy va kuchli antiseptik boʼlib, yoʼgʼon ichakdagi mikroorganizmlar faoliyatini boshqaradi. Misning organizmdagi meʼyori ichakdagi patogen mikroflora bilan kurashishga yordam beradi.
•Yod – qalqonsimon bez faoliyati uchun muhim mineral. Yod yetishmasa, qalqonsimon bez kerakli gormonlarni ishlab chiqarmaydi va organizmning gormonal foni buziladi. Yod shuningdek, immun tizimiga ijobiy taʼsir qiladi va miya hujayralari ishini yaxshilaydi
•Kaltsiy– suyak toʼqimasi uchun qurilish materiali. Аgar kalьtsiy organizmda yetarli boʼlmasa, u suyaklardagi ushbu element yetishmovchiligini qoplashga harakat qiladi. Shuning uchun tishlar va suyaklar moʼrt boʼlib qoladi. Lekin kalьtsiy yetishmovchiligidan nafaqat suyak, balki asab tizimi ham aziyat chekadi. Kalьtsiy yetishmovchiligi bor inson jizzakilik, kayfiyat oʼzgarishi, uyqusizlik kabi holatlarni his etadi.
•Magniy – bu elementsiz yurak uzluksiz ishlamaydi va asab tizimi barqaror boʼlmaydi. Magniy va kalьtsiyning tarkibi oʼzaro bir-biriga bogʼliq: agar magniy yetishmasa, siydik ajratish tizimi muvozanatni taʼminlash uchun organizmdan kalьtsiyni chiqarib tashlaydi. Bu esa buyrak uchun ogʼirlik qiladi va toshlarning paydo boʼlishiga sabab boʼladi. Optimal muvozanat uchun, kalьtsiy miqdori magniyga qaraganda, kamida ikki barobar koʼp boʼlishi juda muhimdir. Ularning meʼyori asablarning tinchlanishi va organizmning emotsional tiklanishiga taʼsir oʼtkazadi
•Natriy, kaliy, xlor – kislota-ishqor muvozanatini taʼminlash uchun, betakror elementlardir. Xlor meʼda shirasini hosil qiluvchi xlorid kislotasi tarkibiga kiradi. Natriy va kaliy esa tashqi muhit bilan hujayra membranasi orasidagi suyuqlik almashinuvini taʼminlaydi. Kaliy shuningdek, organizmdagi magniyning yuqori toʼyinganlik darajasi uchun javob beradi.
Mana shu elementlar «Chortoq» mineral suvi tarkibida bor. «Chortoq» suvini mineral tuzlarga boyligi jixatidan, Chexiyadagi Karlovы Varы kurorti suvlari va Truskavets suvlariga tenglashtirsa boʼladi. U dori vositasi emasligi sababli, aholining keng qatlami tomonidan isteʼmol qilinishi mumkin. Mazkur suv, ayniqsa, kim uchun foydali hisoblanadi?
«Chortoq» mineral suvi kimga foydali?
•Sportchilar. Jismoniy mashq natijasida inson organizmidagi kerakli elementlar ter orqali chiqib ketadi. Koʼp hollarda bu jarayonni turli qoʼshimchalar yordamida toʼldirishga harakat qilishadi, lekin bu doim ham organizmga yaxshi taʼsir qilmaydi. «Chortoq» suvi mashgʼulotlardan keyin suv-tuz muvozanatini taʼminlashga yordam beradi va boshqa aʼzolar ishini buzmaydi.
•Oʼquvchilar va talabalar. Faol rivojlanish davrida, shuningdek, yuqori intellektual yuklamalar vaqtida tuz va minerallar muvozanatini mustahkamlash muhimdir. Bu organizmning barcha aʼzolari tizimiga taʼsir qiladi. «Chortoq» suvida organizmning suyak-mushak, miya, qon-tomir va asab tizimi uchun muhim elementlar bor. Uning yumshoq taʼmi bolalarga manzur boʼladi va qarabsizki, zarur mineral moddalarning aʼzolarga yetkazib berilishi, xuddi ikki stakan suvni ichishdek oddiy kundalik odatga aylanadi.
•«Аqliy mehnat» bilan ishlaydiganlar. Har kuni katta hajmdagi axborot bilan ishlaydigan insonlar kun oxiriga borib charchab qolishadi. Vaqt oʼtib bu asabning buzilishiga olib kelishi mumkin. Ruhiy va asab tizimiga yuklamalarni kamaytirish uchun, vaqtida dam olish zarur. Oʼz-oʼzini tiklash tizimlarini kerakli minerallar bilan taʼminlashga yordam berish kerak. «Chortoq» suvi aqliy faoliyat uchun muhim boʼlgan yod, kalьtsiy va magniy kabi elementlarni yetkazib beradi
•Аsabiylik sharoitlarida ishlaydigan odamlar. Zamonaviy dunyoda insonni izdan chiqaradigan omillar koʼp: rejalar, dedlaynlar, «internetda kimdir nohaq» degan fikr, notoʼgʼri ovqatlanish tartibi kabilar. Baʼzida bir muddat tin olishga va sodir boʼlayotgan hodisalarni anglab koʼrishga, shunchaki oʼzimizga eʼtibor berishga vaqt qizgʼonamiz. Natijada hosil boʼladigan asabiylik organizmga salbiy taʼsir oʼtkazadi: yuz terisi rangpar boʼlib qoladi, jizzakilik, xafachanlik, charchoq, apatiya, jinsiy sohadagi muammolar, tartibsizlik holatlari kuzatiladi. «Chortoq» suvi tarkibiga kiruvchi minerallar asabiylik vaziyatlariga qarshi kurashda organizmning qoʼshimcha resurslariga aylanadi.
•Oshqozon, oshqozon osti bezi, ichak, jigar, siydik-jinsiy tizim, qalqonsimon bezning turli kasalliklariga duch kelgan odamlar: http://chortoq.com/show.html/p>
•Homilador ayollar va ayollarning operatsiyadan keyingi davri. Ikkinchi Toshkent tibbiyot institutining akusherlik va ginekologiya kafedrasida oʼtkazilgan tadqiqotlar samarali amalga oshirildi. Koʼngillilar ichida oʼtkazilgan 20 kunlik tadqiqot natijasida, tibbiyot xodimlari «Chortoq»ning samaradorlik va hazm qilish borasida standart terapiyadan kam emasligini isbotlashdi. «Chortoq» suvini ichgan ayollar operatsiyadan keyin sogʼligʼini tezroq tiklab, ushbu davrni yengilroq oʼtkazishdi.
⦁Davolashdan koʼra, kasallik profilaktikasini afzal biluvchi insonlar. Hammaga maʼlum, xastalikni davolagandan koʼra, uning oldini olgan maʼqul. Аgar «Chortoq» suvi muntazam isteʼmol qilinsa, organizm kerakli mineral moddalar bilan taʼminlanadi. Siz esa ichak va oshqozon muammolari, qalqonsimon bezdagi oʼzgarishlar, surunkali charchoq sindromi va boshqa asabga bogʼliq kasalliklar haqida unutasiz