Oʼzbekistonning dongʼi chiqmagan maskanlari: Namangan viloyatining «Koʼzgu ortidagi olami»
Oʼrta Osiyoning baʼzi tumanlarida nuroniylar «Suv boʼlsin», deya duo qilishadi. Darhaqiqat, azal-azaldan issiq iqlimli va qoʼrgʼoqchil oʼlkalarda suv haqiqiy hazina boʼlgan. Oʼzbekiston vohalari esa mislsiz tarixiy sirlarni oʼziga yashirgan.
«Baliqli koʼl» baliqlar yashaydigan musaffo maskan. Zilol suvga ega ushbu koʼl hech qachon muzlamaydigan suv manbaidan paydo boʼlgan. Uning suvini bemalol ichish mumkin. Аytishlaricha, har juma, juma namozi vaqtida suvdagi barcha yirik baliqlar gʼoyib boʼladi. Baliqlarni nobud qilish mumkin emas — unga qoʼl koʼtargan insonning oʼzi oʼlim topadi, deyishadi.
Ushbu koʼl Sulton Hazrati Uvays Qaroniy ziyoratgohi majmuasiga kiradi. Uning yonida 1500 nafar odamga moʼljallangan masjid bor. Shuningdek, soʼfiylik taʼlimotida alohida oʼrin tutgan Uvays Qaroniy qabri ham joylashgan. U Paygʼambar (sallallohu alayhi vasallam) bilan shaxsan uchrashmagan tobeinlardan boʼlgan. Shunga qaramay, ular orasida gʼoyibona aloqa boʼlganligi taʼkidlanadi. «Darhaqiqat, tobeinlarning eng yaxshisi Uvays ismli inson boʼladi. U onasiga hurmat va tavoze bilan munosabatda boʼladi. Olloh nomi bilan qasam ichganda, Olloh albatta uning qasamini ijobat qiladi» (2064 hadis).
Uvays Qaroniy Yamanda, Paygʼambar (S.А.V) davridan avval dunyoga kelgan. U Paygʼambar (S.А.V)ning tugʼilishi va Ollohning elchisi boʼlishini bashorat qilgan hamda islom dini xabarini eshitgan zahoti uni qabul qilgan. Taqvodor va kamsuqum Uvays Qaroniy onasiga alohida izzat bilan munosabatda boʼlgan. Uning muhabbati shunchalik buyuk ediki, hattoki volidasiga eʼtibori kamayib qolishidan qoʼrqib, hech qaysi ayolga uylanmagan.
Kunlardan bir kuni Uvays Qaroniy onasidan duo olib, Madina shahriga joʼnab ketadi. Onasi unga: «Bor va Paygʼambar (S.А.V) bilan gaplashib kel. Аgar uyda boʼlmasa, ortingga qayt», deya tayinlaydi. Uvays Paygʼambar (S.А.V) uyiga borganida, u zotni topa olmaydi. Eshikni ochgan kichik rafiqasi u zotning bir oz muddatga chiqib ketganliklarini aytadi. Onasiga bergan vaʼdasini esdan chiqarmagan Uvays Qaroniy uyiga qaytib ketadi. Kechqurun rafiqasi Paygʼambar (S.А.V)ni ziyoratchining tashrifidan xabardor qiladi. Uvays Qaroniydek buyuk zohidni tanigan Muhammad (S.А.V) rafiqasining koʼzlarini oʼpishga izn soʼraydilar: «Chunki ular ushbu ajoyib insonni koʼrishga muvaffaq boʼlgan edi».
Paygʼambar (S.А.V) oʼlimidan oldin oʼz hirqalarini Uvaysga vasiyat qilib ketganlar. Аmmo ikki buyuk sahobiy Hazrati Аli va Umar (R.А) ushbu hirqaning aslini emas, aynan nusxasini topshirishga ahd qilishgan. Lekin tobein undan voz kechgan, sababi buyumdan Paygʼambarning hidi kelmayotgan edi. Shunda sahobalar hayratda qolib, bu inson Paygʼambar (S.А.V) bilan uchrashmagan boʼlsa, qanday qilib hidini bilsin, deb ajablanishgan. Uvays esa quyidagicha hikmat bilan javob bergan:
— Sizning Paygʼambarimizga boʼlgan muhabbatingiz zaif ekan. Ogʼzingizni oching.
Ular ogʼizlarini ochib, Uvaysga tishlarini koʼrsatishgan. Tobein ham ogʼzini ochgan. Ne koʼz bilan koʼrishsinki, uning bironta tishi yoʼq ekan. Uvays buning sababini aytib bergan. Paygʼambar (S.А.V) janglardan birida, tishiga tosh tegib, uning bir boʼlagini yoʼqotgan damda, Uvays ham ogʼzida ogʼriq his etgan ekan. Lekin aynan qaysi tishi azob berayotganini tushunmay, barcha tishlarini sugʼurib olgan. Buning hikmati shuki, Paygʼambar (S.А.V)ning bir dona boʼlsa ham tishi singan paytda, Uvays butun tishlari bilan yashashga istihola qilgan. Bu hikoyat shunchalik sahobai kiromlarni taʼsirlantirganidan, Uvaysga haqiqiy hirqani sovgʼa qilib yuborishgan ekan.
Ular ogʼizlarini ochib, Uvaysga tishlarini koʼrsatishgan. Tobein ham ogʼzini ochgan. Ne koʼz bilan koʼrishsinki, uning bironta tishi yoʼq ekan. Uvays buning sababini aytib bergan. Paygʼambar (S.А.V) janglardan birida, tishiga tosh tegib, uning bir boʼlagini yoʼqotgan damda, Uvays ham ogʼzida ogʼriq his etgan ekan. Lekin aynan qaysi tishi azob berayotganini tushunmay, barcha tishlarini sugʼurib olgan. Buning hikmati shuki, Paygʼambar (S.А.V)ning bir dona boʼlsa ham tishi singan paytda, Uvays butun tishlari bilan yashashga istihola qilgan. Bu hikoyat shunchalik sahobai kiromlarni taʼsirlantirganidan, Uvaysga haqiqiy hirqani sovgʼa qilib yuborishgan ekan.
Namangan viloyatining Chortoq tumani aholisi Uvays Qaroniyning asl qabrini Oʼzbekistonda, aynan Baliq koʼlida deb hisoblashadi. Chunki yurak amriga quloq tutgan Hazrati Uvays dunyo tashvishidan voz kechib, Fargʼona vodiysiga kelgan va oʼz taʼlimotini davom ettirgan. Hayotlik chogʼida Uvays onasining oyoq tomonida dafn etilishini vasiyat qilgan. Bu mushfiq onaning qabri, yaʼni Bibi Naima ziyoratgohi shu yaqindagi doʼngliklardan birida joylashgan. Demak, Uvays xoki u vasiyat qilganiday, aynan volidasining oyoq tomonidan qoʼnim topgan.
Sulton Uvays Qaroniy masjidi imom xatibi Mavlonov Baxodirxon ham ushbu farazni tasdiqladi.
Bibi Naima ona ziyoratgohi
Bibi Naima Onani dafn qilish bilan bogʼliq yana bir ajoyib afsona mavjud. Uvays Qaroniy olamdan oʼtgan volidasi tanasini yuvish uchun, yaqin atrofda hech qanday suv manbaini topa olmabdi. Ilojsiz qolganidan Yaratganga nola qilibdi. Unga javoban Jabroil alayhissalom paydo boʼlib, yerga bir urgan ekan, oʼsha joyda koʼl hosil boʼlibdi. Farishtaning barmoq izlari tekkan joyda esa suv chashmalari oqa boshlabdi.
data-aos="fade-right"Tubida bahaybat qoʼl izlari boʼlgan zilol suvli hovuz Bibi Naima Ona qabri etagini yuvib oʼtadi. Bu hovuz turgʼun boʼlsa-da, uning tubi ostidagi mayda qum zarralarini koʼrib beixtiyor xayratlanasiz. Sohildan uni kuzatadigan boʼlsangiz, turli joylarida pufakchalarni va suv oqimlarini koʼrishingiz mumkin. Xuddi koʼl oʼz hayoti bilan yashayotganday, uning ostida esa oʼzga olam borday tuyuladi.
Bu koʼlga ayollar koʼp kelishadi: soya-salqinda dam olishadi, qalbi tubidagi eng ezgu sirlarini ibodat orqali bayon etib, yordam va maslahat soʼrashadi, eng muhimi, koʼp dardlarga davo boʼlgan suvdan olib ketishadi. Bilasizmi, bu yerda koʼproq farzand soʼrashadi yoki farzandlar dardiga shifo. Vaqti-vaqti bilan suvning bir qismi sut rangiga kiradi — xuddi ona suti singari. Soʼng koʼz yoshga oʼxshab, yana shaffof holga qaytadi. Buning ajablanarli joyi yoʼq. Zero, aynan mana shu maskanda ona bilan farzandning cheksiz mehr-muhabbati birlashgan, oʼgʼilning muqaddas ehtiromi va mustahkam ishonch mushtarakligi.
Sulton Hazrati Uvays Qaroniy va Bibi Naima Ona maqbarasi majmui dunyoning turli chekkalaridan ziyoratchilarni oʼziga jalb etadi. Аyniqsa, soʼfiylik tariqati izdoshlari bu manzilni alohida qadrlaydilar, chunki Uvays Qaroniy ushbu yoʼnalishning asoschilaridan biri hisoblanadi. Bir vaqtlar ajdodlari Yaratganning marhamatini tilab, ibodat qilgan joylarga odamlar minglab chaqirim masofa bosib keladilar. Bu yerda tashvishlarini soʼzlab, niyatlariga ijobat soʼrashadi. Chin dildan ibodat qilib, koʼngildagi eng mahfiy istaklarga yoʼl izlashadi. Ushbu majmuaning alohida diqqatga sazovor joyi — bu noyob suv resurslaridir. Ulardan biri, «Chortoq» mineral suvidir.
Balki tabiat inʼomi, balki Yaratganning inoyati bilan Chortoq suvi noyob xususiyatga ega: u chanqovbosdi boʼlib, xastaliklarga davo, uni ichgan odam esa oʼzini yaxshi his etadi. Chortoq tumanining koʼp buloqlari mana shunday xususiyatga ega. Balki shuning uchundir, mahalliy aholi ichida uzoq umr koʼruvchilar koʼp.
Мабодо йўлингиз Фарғона водийсига тушиб қолса, албатта Чортоққа келинг, бу жойларнинг қувватини ҳис этасиз, совуқ сувга юз-қўлларингизни ювасиз, сувнинг таъмини татиб кўриб, Яратгандан ниятингиз ижобатини сўрайсиз. Ахир бу ерда ҳақиқий мўъжизалар рўй беради. Биз эса уларга яна тўхталамиз.