Namanganga tashrif buyurish uchun uch sabab yohud Oʼzbekistonning hali nomaʼlum hazinalari
Namangan viloyatiga kelgan har bir sayoh payqaydigan uch manba
Sahiy tabiat
Mehmondoʼst insonlar
Namangan viloyatining Chortoq tumani. Daraxtlar soyasi va changiga burkangan kichik qishloq. Mazkur manzil haqida koʼproq soʼzlab beradigan insonlarni izlaymiz.
—Аssalomu alaykum, akajon. Yordamingiz kerak, — deymiz biz koʼchada uchragan nogahon yoʼlovchiga.
Suv moʼjizalari
Аzal-azaldan Oʼrta Osiyoning issiq iqlimida suv asosiy boylik hisoblangan. Zero, suv bor joyda, hayot bor. Tabiat Fargʼona vodiysini bejiz suv yoʼllari bilan siylamagan. Bu yerda turli kasalliklarga davo boʼlgan shifobaxsh yer osti suvlari mavjud. Аynan Namangan viloyatida ikkita balьneologiya shifo maskani – Chortoq va Kosonsoy sanatoriylari joylashgan. Oʼtgan asrning oʼrtalarida barpo etilgan «Chortoq» sanatoriysiga Sovet ittifoqining barcha hududlaridan davolanishga kelishgan. Mineral suvlarni esa shisha idishlarga quyib, boshqa ittifoq respublikalariga vagonlab olib chiqib ketishgan.
Bugungi kunda bu yerda minglab odamlarga moʼljallangan sanator-kurort hududi boʼlib, shifo maskanlarida quyidagi kasalliklar davolanadi:
- oshqozon-ichak trakti kasalliklari;
- ginekologiya muammolari;
- tayanch-harakat apparati kasalliklari;
- asab va endokrin tizimi kasalliklari;
- dermatologik muammolar;
- suyak-mushak tizimi kasalliklari
va boshqa koʼplab xastaliklar.
Baxtimizga, Chortoq suvi endi faqat tanlanganlar uchungina shifo manbai emas. Bir necha yil avval mahalliy tadbirkorlar mineral suv ishlab chiqarishni yoʼlga qoʼyishdi. Hozir «Chortoq» suvini Oʼzbekiston va Qozogʼistonning koʼp sonli savdo nuqtalarida xarid qilish mumkin. Uni xalqaro standartlarga muvofiq zamonaviy asbob-uskunalarda tayyorlashadi hamda barcha foydali xususiyatlarini saqlab qolishadi
Chortoqqa turli niyatlarda kelishadi. Kimdir yumshoq iqlim havosida dam olib, muqaddas qadamjolar boʼylab ziyoratga boradi. Chunki bu yerda bu kabi maskanlar oz emas. Аmmo koʼpchilik baribir sogʼliqni tiklash va immunitetni mustahkamlash uchun tashrif buyuradi. Mahalliy tabiiy resurslar (suv, havo, tabiat inʼomlari) kuchli shifobaxsh taʼsirga ega va insonga uzoq vaqt davomida tetiklik bagʼishlay oladi.