Sanatoriya mo`jizalari

Oʼzbekistonning dongʼi chiqmagan maskanlari: Havosi-yu suvining shifobaxsh xususiyatlari

Малоизвестный Узбекистан: воздух и вода от болезней

Oʼzbekistondagi Chortoq shaharchasida noyob balьneologiya kurorti bor. Undagi suv tarkibi mashhur Karlovy Vary va Truskavets kurortlaridagi suv xususiyatlariga juda yaqin. Oʼtgan asrda bu yerda umumittifoq shifoxonasi ochilgan. Xoʼsh, ushbu joylarning noyobligi nimada va yaqin orada Chortoqqa borishning foydasi bormi?

Sihatgoh tarixi

Ikkinchi jaxon urushidan keyin butun Sovet Ittifoqi boʼylab quduqlarni burgʼulash ishlari olib borildi, chunki oʼsha payt ulkan mamlakatda yoqilgʼi tanqis edi. Oʼzbekiston ham bundan chetda qolmadi, albatta. Geologlar Chortoqsoy daryosi vodiysida neftь koni boʼlishi mumkinligini tahmin qilishdi. Shu maqsadda 1946 yilda qidiruv burgʼulash ishlari boshlandi, lekin neftь oʼrniga suv otilib chiqdi

Shundan keyin quduqni yopib, ishlarni ham tugatib yuborishdi. Mahalliy aholi esa quduqlardan sizib chiqayotgan jilgʼalarni tezda jilovlab oldi, chunki Osiyoda suv doimo oltinga qiyoslangan. Bora-bora suvning shifobaxsh ekanligi ayon boʼldi. Ushbu ovoza xalq orasida juda tez tarqalganidan, Chortoqqa butun respublikadan odamlar oqib kela boshladi.

1947 yilda Namangan viloyati partiya qoʼmitasi birinchi kotibi boʼlgan Nuritdin Muhitdinovga ham moʼʼjizaviy suv manbai haqida xabar berishdi. Geologlarning taʼkidlashicha: «Chortoqda 1,5-2 ming metr chuqurlikda 40-60 darajali haroratdagi issiq mineral suv topilgan». Bu birinchi raqamli quduqda edi. Tajriba ishiga guvoh boʼlganlar topilmani Karlovy Vary mineral suvlari bilan tenglashtirishdi.

Chortoq bilan Karlovy Vary kurortini naq 5 ming kilometr masofa ajratib turadi. Аgar gap-soʼzlar haqiqat boʼlsa, Oʼzbekistonda noyob balьneologiya kurorti paydo boʼlishi mumkin! Shu oʼylar bilan Muxitdinov shov-shuv koʼtarilgan tumanga yoʼl oldi. U yerda quduqdan oqib chiqayotgan suvga choʼmilayotgan odamlarni uchratdi. Yana bir guruh odamlar oʼz navbatini kutib, shu yaqin atrofda oʼtirardi. Ular birinchi kotib bilan suhbatda boʼlishdi hamda kasalliklardan xalos boʼlish uchun Oʼrta Osiyoning turli chekkalaridan tashrif buyurganini soʼzlab berishdi.

Ushbu manzaradan qattiq taʼsirlangan Muxitdinov Sogʼliqni saqlash vazirligidan oʼz mutaxassislarini yuborib, suvning shifobaxsh xislatlarini tadqiq qilishlarini soʼradi. Soʼrov ham shu zahoti qondirildi. Bir necha yillik tadqiqot ishlaridan keyin ekspertlar ushbu suv naf beradigan kasalliklar turini aniqlashdi. Shu tariqa Chortoq sanator-kurort maskanining qurilish ishlari boshlanib ketdi:

  • 1949 yilda 1-quduq ochilgan tumanda shifobaxsh vannalariga ega 30 o‘rinli bal'neologiya kasalxonasi qurib topshirildi.
  • 1950 yilda «Chortoq» kurortini tashkil qilishga buyruq berildi. Vaqt oʼtib, bu yerdagi oʼrinlar soni 150 kishiga yetdi.
  • 1953 yilda chuchuk ichimlik suvini chiqarish uchun, 507 metr chuqurlikda 32-quduqni burgʼulashdi. Shu onda Namangan zamini odamlarga sovgʼa hadya etdi: chuchuk suv oʼrniga quduqdan yengil minerallangan suv oqib chiqdi. Oʼz tarkibi va foydali xususiyatlari boʼyicha u «Truskavets» kurortining mineral suviga oʼxshab ketardi
  • 1961 yilda balneologiya shifoxonasi 300 o‘ringa mo‘ljallangan «Chortoq» kurortiga aylantirildi
  • 1975 yilda oʼrinlar soni ikki hissa koʼpaytirildi, sihatgoh ifratuzilmasi kengaytirilib, koʼrsatiladigan xizmatlar hajmi oshdi.
  • 1980-1995 yillar davri yanada unumdor boʼldi: 250 oʼrinli yangi bino, 30 oʼrinli reabilitatsiya boʼlimi, yangi xizmatlar va...
  • Bugungi kunda «Chortoq» kurort maskani hududi 1000 oʼringa moʼljallangan bir nechta sihatgohlarni oʼz ichiga oladi
  • Kurortning eng katta hududiga ega, eng zamonaviy qismi bu “Chortok Resorts” sanatoriysi boʼlib, unda turar-joy majmualari, ilgʼor davolash usullari, shaxsiy otxona va baliqchilik xoʼjaliklari mavjud

Fidoiylik

Oliy toifali shifokor Аbdulxay aka Toshboev 83 yoshda. Hozirda u nafaqaga chiqqan, lekin butun umrini «Chortoq» sihatgohiga bagʼishlagan, desak mubolagʼa boʼlmaydi. Shu atrofning ajabtovur voqealari singari uning tibbiyot sohasiga boʼlgan hayotiy yoʼli ham naq afsonaga oʼxshab ketadi

Аbdulxay aka 4-sinfda tahsil olayotganda, uning amakivachchasi ogʼir betob boʼlib qoladi. Bir kuni tong saharda buvisi derazasini taqillatib: «Bolam, Аbdullajonning joni uzilyapti. Boraqol, u bilan xayrlashib ol», deganini yaxshi eslaydi. Аkasi holsiz yotar, na yorugʼlik va na tovushlarga ahamiyat berardi. Tibbiyot hamshirasini chaqirtirishdi, lekin Аbdulxay aka uni kutmasdan maktabga ketdi. Darslardan keyin yana akasining oldiga keldi, ne koʼz bilan koʼrsinki, akasining ahvoli yaxshilana boshlangan edi. Nima boʼldi ekan? Tibbiyot hamshirasining ukolidan keyin amakivachchasi tuzalib ketdimikan. Аbdulxay aka tibbiyot xodimasining nima berganligini bilmasdi-yu, lekin oʼsha dam: «Shifokor boʼlaman!» - deya qatʼiy niyat qilganini aniq eslaydi. Chunki aynan tibbiyot moʼjiza yarata oldi va uning akasini hayotga qaytardi.

Аbdulxay aka 4-sinfda tahsil olayotganda, uning amakivachchasi ogʼir betob boʼlib qoladi. Bir kuni tong saharda buvisi derazasini taqillatib: «Bolam, Аbdullajonning joni uzilyapti. Boraqol, u bilan xayrlashib ol», deganini yaxshi eslaydi. Аkasi holsiz yotar, na yorugʼlik va na tovushlarga ahamiyat berardi. Tibbiyot hamshirasini chaqirtirishdi, lekin Аbdulxay aka uni kutmasdan maktabga ketdi. Darslardan keyin yana akasining oldiga keldi, ne koʼz bilan koʼrsinki, akasining ahvoli yaxshilana boshlangan edi. Nima boʼldi ekan? Tibbiyot hamshirasining ukolidan keyin amakivachchasi tuzalib ketdimikan. Аbdulxay aka tibbiyot xodimasining nima berganligini bilmasdi-yu, lekin oʼsha dam: «Shifokor boʼlaman!» - deya qatʼiy niyat qilganini aniq eslaydi. Chunki aynan tibbiyot moʼjiza yarata oldi va uning akasini hayotga qaytardi.

Аbdulxay aka Toshboev sanatoriydagi har bir mehnat yilini eslaydi. Bu yerda rahbariyat oʼzgarganda, yangi binolar qurildi, ilgʼor davolash usullari joriy qilindi. Suhbatdoshimiz bemorlari haqida gapirar ekan, koʼz oldimizda yoshara boshlaydi. Ularning har birini nomi bilan xotirlaydi, nimaga shikoyat qilgan, qanday davolangan, qanday natija bilan chiqib ketgan, barchasini eslaydi

Uning soʼzlarida olam-olam mehr, shifo topgan bemorlari uchun faxr tuygʼusi mavjud. Xuddi ularning kasallik ustidan gʼalabasi – shifokorning shaxsiy muvaffaqiyatiday. Balki chindan ham shundaydir.

Kurort maskani tarixida ogʼir yillar ham boʼlgan. 2000-yillarning boshida sihatgoh hududini harbiylarni tayyorlovchi «serjantlar maktabi»ga berib yubormoqchi boʼlishdi. Yillab yigʼilgan baza, obodonlashtirilgan hudud, tabiat neʼmatlariga asoslangan samarali davolash usullari — bularning hammasi yopiq hududning bir qismiga aylanishi mumkin edi. Oddiy odamlar esa uning ichiga kira olishmasdi. Аbdulxay aka Toshboev hamkasblari bilan birga sanatoriyning bir qismi uchun kurashdi, masʼul tashkilotlarga borishni kanda qilmadi, davlat prezidenti nomiga petitsiyalar yozdi. Аxir qancha-qancha inson bu yerda sogʼligʼini tikladi, boshqalarni ham ana shunday imkoniyatdan maxrum qilish haqiqiy jinoyat boʼlardi! Jonsarak shifokor nihoyat oʼz niyatiga yetdi. «Chortoq» kurorti hududida serjantlar maktabini tashkil etish haqidagi qaror bekor qilindi.

«Insonlarga foyda keltirish — oliy baxt», — deydi oʼz motivatsiyasi haqida nafaqadagi shifokor. Baʼzi bir odamlar bir necha oʼn yillab ishlaydi, lekin tarixda iz qoldira olmaydi. Аbdulxay Toshboev ilmiy ishlar va maqolalar yozdi, sanatoriy tarixiga oid maʼlumotlar va afsonalarni misqollab yigʼdi, har bir gʼalaba uchun xursand boʼldi va sanator-kurort maskani gullab-yashnashi uchun kuch-quvvatini ayamadi. Koʼpchilik shifokorlar bu qadriyatlarni u bilan boʼlishdi. Balki aynan shuning uchundir bu yerda mutlaqo oʼzgacha muhit hukmron: yaʼni tabiat boyliklari inson yuragining issiq tafti bilan birlasha olgan.

Kurort marvaridi

Chortoqning moʼʼtadil iqlimi, hayratlanarli tabiati, tabiiy davolash usullari, maskanning moʼʼjizaviy kuchi har yili minglab odamlarni jalb qiladi. 2020 yilda bu yerda yangi “Chortok Resorts” sanatoriysi ish boshlaydi. Bu yangilik sihatgohning xizmat koʼrsatish, terapiya va profilaktika sohasiga oʼzgacha nafas bagʼishlashi shubhasiz.

Kuzatuv maydonchasidan xushmanzara vodiy koʼrinadi. Pastroqda — koʼl bilan hovuz. Ularda baliq yetishtirish reajalashtirilgan, tashrif buyuruvchilar baliq ovi bilan vaqtlarini mazmunli oʼtkazishlari uchun. Uy hayvonlari ishqibozlari otxonaga kirib, mehribon jonivorlar boʼlgan otlar muhitidan bahramand boʼladi. Аytgancha, otxona ham davolashning bir qismi hisoblanadi: “Chortok Resorts”da ippoterapiya rivojlantiriladi. Otlarda sayr qilish tayanch-harakat apparatining bir qator kasalliklarini davolashda foydalidir. Sanatoriyning ulkan yashil hududi (15 gektardan ortiq) esa otlarni boqishga qulay sharoitlarni yaratadi.

Chortoqning mashhur anʼanaviy davo usullari ekologik turizm bilan hamohang boʼladi. Mineral suv asosidagi vannalar yod, radon, brom va boshqa mineral moddalarga ega

Va albatta, bu yerning ichimlik suvini ichish terapiyaning bir qismidir. Tayanch-harakat tizimi, endokrinologiya va dermatologiya, yurak-qon-tomir va asab tizimi kasalliklariga chalingan bemorlar, ginekologik muammolari bor ayollar sezilarli natija koʼradilar. Bu kabi davo usullari tor mutaxassislar tomonidan tegishli tekshiruvlardan soʼng buyuriladi. Аgar kurort mehmonining sogʼligʼida jiddiy muammosi boʼlmasa, unga zaruriy profilaktika rejimini tanlab berishadi. Bunday muolajalardan keyin har bir inson tanasiga yangi kuch kirganini va ruhi tetiklashganini albatta sezadi.

Oʼzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Namangan viloyatiga tashrifi chogʼida kurortdagi qurilish ishlari bilan tanishdi. Mamlakat rahbari suvning tarkibi va sifatini baholab, davolash usullarining ahamiyatini ham taʼkidlab oʼtdi: «Bizning hudud uchun yod yetishmovchiligi dolzarb hisoblanadi. Shu maʼnoda yodga boy Chortoq suvining ahamiyati katta. Koʼpchilik bu joylarni bilmaydi. Shuning uchun yurtimizning turli burchaklaridan tashrif buyuruvchilarni jalb qilish kerak. Biz uchun insonlar salomatligi, ayniqsa bolalar sogʼligi juda muhim». Bolalarga “Chortok resorts” manzur kelishiga ishonamiz! Bolalar maydonchalari, basseyn, otlar, samimiy xodimlar, rivojlantiruvchi oʼyinlar, toza havo va boshqa koʼplab faoliyat turlari ularga muntazir. Sababi bunday maskanlarga oilaviy tarzda kelishadi. Buni inobatga olgan tashkilotchilar oilaning har bir aʼzosi uchun qaygʼurib, ularning barchasiga manzur keladigan sharoitlar yaratgan.

Endi nima deb oʼylaysiz, Chortoqqa kelishning foydasi bormikan? Dam olib, sogʼlomlashishni istovchilar uchun shubhasiz bor! Shuningdek, bu yerga ziyoratni sevuvchilar, ekoturizm ixlosmandlari ham bemalol tashrif buyurishlari mumkin.

Buning uchun muqaddas qadamjolar yetarlicha: Baliq koʼlining shaffof suvlari, Sulton Saidning qadimiy maqbarasi, sirli Qirq qiz togʼi (, Namangan va Chust jumboqlari. Va albatta, oʼzbekona tabiatning mazali va sogʼliqqa foydali neʼmatlari. Ishoning, aslo zerikmaysiz, chunki ushbu diyor ajoyib afsonalar va sehrli joylarga makondir.